Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari reyd davomida tungi klublarga tashrif buyuruvchi voyaga etmagan bolalarni aniqlashdi.
Yil boshidan beri Samarqand viloyatida ana shunday farzandi nazoratsiz qolgan 17 nafar ota-onani ma`muriy javobgarlikka tortishdi.
Ota-onalardan tashqari 5 restoran va 7 internet-klubi direktorlariga qarshi ma`muriy ish qo`zg`atildi.
Shuningdek 50 nafar sababsiz dars qoldirgan yoshlar aniqlanib, o`quv muassasalariga qaytarildi, deya xabar beradi Uz24 nashri.





