Janubiy Korealik xonanda Psy YouTube’dagi rasmiy kanalida o`zining yangi “Daddy” nomli qo`shig`ini joylashtirdi. Bu haqda “1news.az” xabar bermoqda.
Videoklip 9 soat ichida 750 ming marta tomosha qilingan. Ulardan 80 mingta kishi klipga “Yoqadi” tugmasini bosgan.
Bundan oldin esa Seul shahrida Gangnam Style raqsiga haykal o`rnatilishi haqida ma`lumot berilgan edi. Gangnam Style klipi shu kungacha YouTube’da eng ko`p ko`rilgan videorolik hisoblanadi. Bu klipga 10,1 million kishi “yoqadi” tugmasini bosgan. Internet foydalanuvchilari o`tgan uch yil ichida mazkur klipni 2,46 milliard marta tomosha qilgan.
Klipni quyidagi havolada tomosha qilishingiz mumkin:





