AsosiyDunyo

AQShdagi “Sharpalar shahri” 250 ming dollarga sotilmoqda

AQShning Janubiy Dakota shtatidagi deyarli barcha aholisi tark etgan Suett shahri sotuvga qo`yildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Ko`chmas mulk bo`yicha savdo agenti Steysi Montgomeri shaharni 250 ming dollar deya baholadi.

Suett Rapid-Sitidan 160 km janubiy-sharqda joylashgan bo`lib, uncha katta bo`lmagan bar, bir qavatli uy va bir necha qurilib bitkazilmagan binolardan, xususan avtomobil g`ildiragini almashtirishga mo`ljallangan  ustaxonani o`z ichiga oladi.

Shahar maqomiga ega ushbu hududning maydoni 0,02 kv.km. Unga asfalt yotqizilgan avtomobil yo`li orqali kirib boriladi.

1940 yilda shahar aholisi eng ko`p daraja-40 kishiga etgan. O`sha paytda shaharda pochta va do`kon ham ishlardi. Hozirgi kunga kelib ushbu kichik shaharchada faqat ikki kishi- shahar egasi Lens Benson va uning rafiqasi yashaydi.

Shaharni sotib olgan kishi uning nomini ham o`zgartirishi mumkin. Montgomerining aytishicha, Suett shahrini sotib olish istagini bildirganlar orasida nafaqat AQSh, balki Rossiya, Xitoy, Germaniya va Avstraliya fuqarolari ham bor. 

    Boshqa yangiliklar