Toshkentda O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi keng polosali texnolgiyalardan foydalanishni kengaytirishning bugungi holati va istiqbollariga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi 120 dan ziyod internet-provayder va operatorga lisenziya bergan. Ularning o`ndan ortig`i keng polosali texnologiyalar asosida xizmat ko`rsatmoqda. Mazkur texnologiya yuqori tezlikda ishlaydigan internet bilan birgalikda abonentlarga videotelefoniya, internet-televidenie xizmatlaridan foydalanish, shuningdek, HDTV-kanallari ko`rsatuvlarini qabul qilish hamda boshqa telekommunikasiya xizmatlaridan bahramand bo`lish imkonini beradi.





