AsosiyJamiyat

Respublikada vrachlar malakasini oshirish bo`yicha yangi o`quv markaz ish boshladi

Respublika perinatal markazida shifokorlarning neonatologiya va ginekologiya sohasida qo`llanilayotgan yangi texnologiyalar bo`yicha malakasini oshirish o`quv markazi ochildi. 

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati tibbiyot xodimlarining yuqori texnologiyalardan foydalanish bo`yicha malakasini oshirish hamkorlik loyihasi doirasida tashkil etilgan mazkur o`quv markazi ushbu yo`nalishdagi ishlardandir. 

O`quv markazining zamonaviy axborot va tibbiy texnologiyalar bilan jihozlangani nazariya va amaliyot uyg`unligini ta`minlash, operasiya jarayonlarini operasiya xonasidan translyasiya orqali o`quv zalida namoyish etish imkoniyatini yaratadi. 

Ana shu yo`nalishdagi ilk seminar ginekologiya va pediatriya sohasida qo`llanilayotgan miniinvaziv operasiyalarga bag`ishlandi. Unda viloyatlardan kelgan mutaxassislar jahon tibbiyotining sohadagi so`nggi yangiliklari bo`yicha tajriba almashdi. 

    Boshqa yangiliklar