AsosiyJamiyat

2016 yilda O`zbekistonda yo`l qurilishiga 1 trillion 800 milliard so`m ajratiladi

Milliy matbuot markazida O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo`l jamg`armasi tomonidan umumiy foydalanishdagi hamda ichki yo`llarni ta`mirlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi, deb xabar beradi O`zA   


Jamg`arma mablag`lari hisobidan 2010-2014 yillarda qariyb 7700 kilometr uzunlikdagi avtomobil yo`llarida qayta qurish va ta`mirlash ishlari amalga oshirilgan. Bu yo`llarning 1474 kilometrdan ortig`i shahar ko`chalari va namunaviy qishloq uylarining ichki yo`llari hisoblanadi. 

2014 yilda jamg`arma tomonidan umumfoydalanuvdagi avtomobil yo`llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta`mirlash va saqlash ishlariga 2 trillion so`mdan ziyod mablag` yo`naltirilgan. Shundan qariyb 254 milliard so`m miqdoridagi mablag` shahar ko`chalari va namunaviy qishloq massivlarining ichki yo`llariga sarflangan. 

Joriy yilda 376,3 kilometr avtomobil yo`llarini qurish va ta`mirlashga Respublika yo`l jamg`armasi hamda xalqaro moliya institutlarining 1 trillion 543 milliard so`mdan ziyod mablag`i ajratilishi belgilangan. 
2016 yilda 512,9 kilometr uzunlikdagi avtomobil yo`llarini qurish va rekonstruksiya qilish ko`zda tutilgan. Bunga 1 trillion 800 milliard so`mdan ziyod mablag` sarflanishi rejalashtirilgan. 

Jahon bankining 200 million dollar miqdoridagi mablag`i hisobidan Toshkent, Andijon, Farg`ona va Namangan viloyatlarida jami 376 kilometr uzunlikdagi mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo`llari to`liq ta`mirlanadi. 

Avtomobil yo`llarini saqlash va joriy ta`mirlash ishlarini bajarish uchun 2015-2019 yillarda yana 993 dona texnika va 38 dona yo`l qurilish kompleksini sotib olish rejalashtirilgan. 

    Boshqa yangiliklar