“Darakchi” gazetasiga maqola tayyorlash chog`ida shou-biznesdagi qo`shiq yaratish harajatlari bilan qiziqqanimizda, san`atkorlardan katta harajatlar talab qilinishiga guvoh bo`ldik.
Xususan sobiq “Benom” guruhining solisti Sarvar bu borada shunday deydi:
- Bugun qo`shiq yaratish san`atkordan juda katta xarajatni talab etadi. Masalan, taronaga musiqiy sayqal berish va bastakorlik uchun 600 mingdan 3 milliongacha mablag` sarflanadi.
Qo`shiq she`ri 500-600 ming so`mni tashkil qiladi.
Studiyada xonandaning ovozi bilan musiqani uyg`unlashtirish 500 mingdan 1 milliongacha borishi mumkin. Klip suratga olish uchun eng kamida 10 million so`m sarflanadi.
Bitta qo`shiq mashhur bo`lishida eng asosiy va eng qimmat xarajat promo qilishga sarflanadi. Radioda bitta qo`shiqning aylanishi radiostansiya reytingiga qarab 50 mingdan 200 ming so`mgacha boradi. Bu qo`shiqning bir marta yangrashi uchun ketadigan xarajat.
Telekanallardagi xarajatlarni-ku, gapirmasa ham bo`ladi!





