AsosiyDunyo

Viktoriya Bekxem OITSga qarshi kurashni qo`llab-quvvatlovchi liboslar kolleksiyasini yaratdi

Spice Girls guruhining sobiq ishtirokchisi, modeler, futbolchi Devid Bekxemning rafiqasi Viktoriya Bekxem 1-dekabr-Xalqaro OITSga qarshi kurash kuniga maxsus liboslar kolleksiyasini yaratdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Bekxemning yangi kolleksiyasidan futbolkalar va kalit uchun breloklar o`rin oldi. Ular 1 dekabrdan boshlab Londondagi Viktoriya Bekxem do`konlari sotila boshlaydi. Oitsga qarshi kurash aksiyasida dizayner ikkinchi marta ishtirok etmoqda. 2014 yilda u OITSga qarshi kurash ramzi bo`lgan qizil tasmali oq futbolkalar yaratgan edi.

Bekxem kiyim-kechaklardan tashqari parfyumeriya mahsulotlarini ham yaratish bilan shug`ullanadi. Uning Intimately Beckham parfyumeriya  ishlab chiqaruvchi kompaniyasi ham bor. Shuningdek,Viktoriya turmush o`rtog`i Devid Bekxem bilan dVb brendi ostida erkaklar va ayollar kiyimlari va quyoshdan himoya qiluvchi ko`zoynaklar ham yaratadi.

    Boshqa yangiliklar