Hayvonot bog`i direktori Dmitriy Mezensevnining aytishicha, do`stlashib olgan yo`lbars va echki oldingidek birgalikda sayr qilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Eslatib o`tamiz, echki Amur yo`lbarsiga emak sifatida berilgan edi. Echkining abjirlik bilan o`zini himoya qilishi natijasida yirtqich unga bas kelolmagandi va ikki hayvon do`stlashib olgandi. Amur yo`lbarsi echkiga o`z yotog`ini bo`shatib bergandi.
“Ikki kundan beri ular alohida-alohida joylarda tunni o`tkazmoqda. Tongda esa ular avvalgidek birga sayr qilmoqda. Bunday qarorga kelishimizga sabab Amur yo`lbarsi alohida bo`lmada uxlashi kerak. Ularni bir-biridan ajratish niyatimiz yo`q”, — dedi Mezensev.
Shuningdek, yo`lbarsga tirik emak sifatida haftada ikki marta quyon berilmoqda. Hayvonot bog`i ma`muriyati unga boshqa echki bermaslikka qaror qildi.





