AsosiyDunyo

Moskva — Donesk yo`nalishidagi YTH oqibatida 4 kishi halok bo`ldi

Rossiyaning Voronej viloyatidagi avtobus ishtirokidagi YTH oqibatida to`rt kishi halok bo`ldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Yo`l-transport hodisasi 29 noyabrdan 30 noyabrga o`tar kechasi M-4 «Don» yo`lining 560- kilometrida yuz bergan.  Janubga tomon harakatlanayotgan  Yutong rusumli avtobus  yo`lidan chiqib, ag`darilib ketgan.  Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra,  36 yoshli avtobus haydovchisi noqulay ob-havo sharoiti tufayli boshqaruvni yo`qotgan. Hodisa yuz bergan paytda kuchli jala yog`ayotgan edi.

Yo`l-transport hodisasi oqibatida 14 yoo`lovchi jarohatlangan, to`rt kishi halok bo`lgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, avtobus  Moskva — Donesk yo`nalishida harakatlanayotgan edi.  Jarohatlanganlar Voronej va Bobrov shaharlaridagi shifoxonalarga etkazilgan.

    Boshqa yangiliklar