Birlashgan millatlar tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, bugungi kunda har 20 daqiqada kimdir portlash tufayli halok bo`ladi.
XX asr boshlarida portlash sababli halok bo`lganlarning 80 foizini harbiylar tashkil etgan bo`lsa, bugungi kunda nobud bo`layotganlarning shunchasi tinch aholi vakillari. Shuningdek keyingi besh yilda Suriyada 220 ming kishi o`ldirilgan 11 million kishi uyini tark etishga majbur bo`lgan.





