AsosiyShou-biznes

"Kechiktirilgan Termiz reysi parvozga tayyor"

Sardor Rahimxonning Instagram’dagi sahifasida qoldirilgan navbatdagi xabar shu bo`ldi.

Ushbu reys taqdiri bilan qiziqib “O`zbekiston havo yo`llarining” aeroport xizmati bilan bog`langanimizda, 14:55 da parvoz qilishi kerak bo`lgan samolyot 16:50 da uchishini ma`lum qilishdi. Buning sababi esa samolyotning boshqa shahardan kechikib kelganligida ekanligini ma`lum qilishdi. Aynan qaysi shahardan ekanligini esa oshkor qilishmadi.

Sardor Rahimxon esa aeroportda tushgan selfisiga “Ertalabdan beri qoldirilayotgan Termiz reysi va nihoyat startga tayyor. Ura!”, deya izoh qoldirgan.

Suratda Sardor Rahimxonning yonida xonanda Aliboboni ham ko`rish mumkin.

    Boshqa yangiliklar