AsosiyJamiyat

Toshkentda qariyb 12 mingta ob`ekt issiqlik bilan ta`minlanmoqda

Toshkent shahar hokimligida poytaxtimiz markazlashtirilgan issiqlik ta`minoti tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlashga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Unda “Toshissiqquvvati” ishlab chiqarish birlashmasi unitar korxonasining joriy kuz-qish mavsumiga ko`rilgan tayyorgarlik ishlari yakunlari sarhisob qilindi.

Poytaxtimizda keng tarmoqli markaziy issiqlik ta`minoti tizimi ishlab turibdi. 9 yirik issiqlik markazi va 167 mahalliy qozonxonada ishlab chiqarilayotgan issiqlik energiyasi issiqlik tarmoqlari kanallari orqali iste`molchilarga etkazib berilmoqda.

Buning samarasida 9,1 mingta ko`p qavatli uy, 475 umumta`lim maktabi, 579 davolash,  635 maktabgacha ta`lim va 662 oliy hamda o`rta maxsus ta`lim muassasasi issiqlik bilan ta`minlanmoqda.

Matbuot anjumanida markazlashtirilgan issiqlik ta`minoti tizimini joriy kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida barcha issiqlik markazlari, qozonxonalar va issiqlik tarmoqlaridagi uskunalar holati o`rganib chiqilgani ta`kidlandi. Olingan ma`lumotlarga muvofiq issiqlik ta`minoti tizimining ishonchli ishlashini ta`minlash va modernizasiya qilishga qaratilgan tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Ayni paytda 448,9 ming kilometr magistral va taqsimlash issiqlik tarmog`ida ta`mirlash ishlari nihoyasiga etkazildi, 92,1 kilometrlik quvurlar izolyasiya qilindi, eskirgan 30 kilometr quvur yangilandi.

Mahalliy qozonxonalarni ta`mirlash va modernizasiya qilishga ham alohida e`tibor qaratildi. Bugungi kunda  19 qozonxona kapital ta`mirlandi, 481 qozonxonada joriy ta`mirlash ishlari yakunlanib, eskirgan uskunalar almashtirildi. Bundan tashqari,  Mirzo Ulug`bek tumanidagi TTZ va Yugnakiy dahalarida 46 yangi mahalliy qozonxona barpo etildi. Shuningdek, joriy yilda to`rtta nasos stansiyasi kapital ta`mirlandi.

 

    Boshqa yangiliklar