Bugun “Boylama”ni kuylab barcha muxlislarni o`ziga “boylab” olgan, “san`atdan ketaman” deya qo`rqitib, ayni damda ijod bilan band bo`lgan xonanda Asilbek Amanullahning tavvallud topgan kuni.
Uni tabriklab qo`ng`iroq qilganimizda, ayni damda xonanda tavvalud kunini ona shahri Andijonda oila davrasida nishonlayotgani ma`lum bo`ldi.
Darvoqe, xonanda tez kunlarda o`zining “Kel-kel” taronasiga ishlangan video ketma-ketlik bilan muxlsilarni xursand qilishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari xonanda 2016 yilga ajoyib fotosessiya ham hozirlab qo`ygan.
Fursatdan foydalanib, Asilbekni bugungi ayyom bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!





