O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxon yakkaxon konsert dasturi harakatini boshlab yubordi. Bu haqda xonanda o`zining Instagram’dagi sahifasida xabar qoldirdi.
Sardor Rahimxon konsertga nom berish bo`yicha eng original nom taklif qilgan muxlisga taklif etilgan ilk mehmon bo`lishini va`da qildi.
Sardor Rahimxon: “Konsertga qanday nom berishimizni hohlardingiz. Eng original variant egasi konsertimga taklif etilgan birinchi Mehmon buladi! Variantlarni komentda qoldiring. Birgalikda biz kuchmiz!”





