“Turkiya qiruvchi samolyoti Rossiyaning bombardimonchi samolyotini “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti tomonidan Suriyadan Turkiyaga yo`naltirilgan neft ortilgan yuk mashinalarini yo`q qilgani uchun urib tushirdi”, — dedi Suriya axborot vaziri Omran Az-Zoubi “RIA Novosti”ga bergan intervyusida.
“Neft Turkiya Prezidenti Toyib Erdo`g`anning o`g`li Bilolga tegishli bo`lgan kompaniyaga etkazib turilgan. Shuning uchun Rossiya “Islom davlati” infrastrukturasiga zarba berib, 500 dan ortiq neft ortilgan yuk mashinalarini yo`q qilgani Turkiya hukumatiga xush kelmadi. Ular faqat neft emas, balki bug`doy hamda tarixiy buyumlarni ham eksport qilgan”, — dedi vazir.





