Su-24 halokatidan 7-8 soat o`tgach Turkiya Prezidenti Toyib Erdo`g`an Vladimir Putin bilan bog`lanishga uringan, ammo ikki davlat rahbarlari suhbatlasha olmagan. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so`zlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Prezident matbuot kotibi bu boradagi savollarga javob berar ekan, Turkiya Prezidenti Toyib Erdo`g`anning Su-24 halokatidan so`ng taxminan 7-8 soat vaqt o`tgach haqiqatdan ham Vladimir Putin bilan bog`lanishga uringanini tasdiqladi.
Toyib Erdo`g`an France24 telekanaliga bergan intervyusida Rossiya Prezidenti bilan telefon orqali so`zlasha olmaganini ta`kidlagan edi.
Shuningdek, Erdo`g`an Rossiya hukumati rahbaridan 30 noyabr kuni Parij shahrida uchrashishni so`ragan, ammo hozircha Rossiya hukumatidan bu so`roviga javob ololmagan.





