O`zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti qaroriga asosan olimpiya terma jamoasining yangi murabbiylar shtabi tasdiqlandi. Bu haqda O`zbekiston futbol federasiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Samvel Babayan olimpiya terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi.
O`zbekiston olimpiya terma jamoasining Qatarda bo`lib o`tadigan 23 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Osiyo chempionatida yuqori saviyada ishtirok etishini ta`minlash, 2016 yilgi Olimpiya o`yinlarining futbol musobaqasiga yo`llanmani qshlga kiritish yo`lidagi tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish maqsadida O`zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti qaroriga asosan olimpiya terma jamoasining yangi murabbiylar shtabi tasdiqlandi.
Shtab quyidagicha ko`rinish oldi:
· Bosh murabbiy: Samvel Babayan
· Katta murabbiy: Viktor Jalilov
· Murabbiy: Ravshan Haydarov
· Jismoniy tayyorgarlik bo`yicha murabbiy: Andrey Shipilov
· Darvozabonlar murabbiyi: Anvar Rashidov
· Ilmiy uslubiy guruh: Gregoriy Kolosovskiy, Farhod Abduqodirov
· Shifokor: Umid Bahromov
· Ma`mur: Vitaliy Jalilov
Shu bilan birga yangi bosh murabbiy rahbarligidagi O`zbekiston olimpiya terma jamoasining dekabr va yanvar oyidagi ish rejasi tasdiqlandi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston olimpiya terma jamoasining oldiga Braziliyada bo`lib o`tadigan Olimpiya musobqalariga yo`llanmani qo`lga kiritish vazifasi qo`yilgan





