AsosiyDunyo

O`g`il fast-fudini bo`lishishni istamagani uchun otasini o`ldirdi

AQShning Luiziana shtatida yashovchi fuqaro otasining o`limi va onasini jarog`atlaganlikda ayblandi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Hodisa 25 noyabr, chorshanba kuni yuz berdi. 58 yoshli Persival Pritchet o`z uyida pichoqlab o`ldirilgan holda topildi. Uning rafiqasi 57 yoshli Renta Pritchett bir necha joyidan jarohatlangan edi. Hozirda unga shifoxonadan uyiga javob berilgan.

Jinoyatni sodir etganlikda gumondor sifatida ularning 32 yoshli o`g`li Ronald Pritchett qo`lga olindi. Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, mojaro ota-ota faqat o`zlarigagina fast-fud buyurtma qilganligi sababli yuzaga kelgan.  

Ronald Missisipidagi qarindoshining uyidan topilgan va hibsga olingan. Unga nisbatan ikkinchi darajali qotillikni sodir etish, ikkinchi darajadagi qotillikni sodir etishga urinish va avtomobilni olib qochish ayblari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar