Turkiya prezidenti hukumatning “Islom davlati” terrorchilik guruhidan neft sotib olayotgani haqidagi ayblovlarga munosabat bildirar ekan, bu ayblovlarning noo`rin ekanligini ta`kidladi. Bu haqda “GEO POLITIKA” sayti xabar bermoqda.
-Terrorchilik tashkilotlari Turkiya chegarasidan neft olib o`tayogani aniqlansa, bunday yuklar musodara qilinib, Turkiya savdo-sotiq vazirligi tomonidan yo`q qilinadi.
Erdo`g`an shuningdek, Turkiya neft etkazib beruvchi asosiy mamlakat Rossiya ekanligini ta`kidladi.
“Rossiya hukumati bizga nisbatan bunday ayblovlar e`lon qilmasligi kerak edi. Biz hech qachon, qaytarib aytaman, hech qachon terrorchilik tashkilotlari bilan mazkur turdagi savdo-sotiq munosabatlarini yo`lga qo`ymaganmiz”,- dedi Prezident
“Bunday jiddiy ayblovlar qo`yilganda isbot-dalillarni ham keltirish kerak”,-qo`shimcha qildi u.
“Agar Rossiya hukumati mazkur ayblovni isbotlay olsa, Toyib Erdo`g`an iste`foga ketadi”,-dedi Prezident





