Odam savdosi bilan ayblanib, boliviyalik ikki ayol qo`lga olindi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Ikki ayol bir yarim oylik qizchani 250 dollarga sotmoqchi bo`lgan. Jinoyatni sodir etishda ayollar Facebook tarmog`idan foydalangan. Ijtimoiy tarmoqdagi sahifaga chaqaloq sotilishi haqida e`lon berilgan. Qizchaning 32 yoshli onasi foxishalik bilan shug`ullangan va bolaning otasi kimligini bilmagan. Shuning uchun uni sotib, daromad orttirmoqchi bo`lgan.
Chaqaloqni 18 yoshli qiz sotib olmoqchi bo`lgan. U chaqaloqni o`z bolasi qilib ko`rsatib, shu yo`l bilan sevgan yigitini qaytarmoqchi edi. Qizning sobiq yigiti holat yuzasidan polisiyaga xabar bergan.
Eslatib o`tamiz, xuddi shunday holat oktyabr oyida Nigeriyada yuz bergan edi. Ikki haftalik chaqaloqni 90 dollarga sotmoqchi bo`lgan olti nafar shaxs qo`lga olingan edi. O`shanda ayol sodir etmoqchi bo`lgan jinoyatini muhtojlik yuzasidan qilganini ta`kidlagan edi.





