AsosiyDunyo

Erdo`g`an: Turkiya havo kengliklariga bostirib kirgan boshqa samolyotlar ham xuddi Su-24 kabi urib tushiriladi

Turkiya Prezidenti Toyib Erdo`g`an Turkiya havo kengliklariga bostirib kirgan har bir samolyot xuddi Su-24 kabi urib tushirilishini ma`lum qildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

“Agar bugun bizning havo chegaralarimizni kimdir shu tarifa buzsa, biz yana xuddi shunday javob qaytaramiz”, — dedi mamlakat Prezidenti

Shuningdek, u Rossiya samolyoti harbiylar tomonidan qabul qilingan tegishli instruksiyalarga muvofiq “avtomatik reaksiya” natijasida urib tushirilganini ta`kidladi.

“Bu hodisa bizni juda ranjitdi. Shuningdek, holatga nisbatan Rossiya hukumati tomonidan mavzuga oid bo`lmagan munosabat va reaksiyalardan xafamiz”, — dedi Erdo`g`an

Shuningdek, Turkiya Prezidenti hukumat tomonidan aynan Rossiyaga yomonlik qilish rejalashtirilmaganini aytib o`tdi. “O`shanda raketaning qaysi mamlakatga tegishli ekanligi noaniq edi”, — dedi u.  Prezident gap orasida Moskvani “Islom davlati” bilan emas, balki ma`lum oppozisiya bilan kurashayotganlikda aybladi.

Eslatib o`tamiz, Rossiyaning Su-24 samolyoti Turkiya harbiylari tomonidan 24 noyabr kuni urib tushirilgan edi.  Turkiya hukumati samolyot mamlakat havo chegarasini buzib kirganligini va harbiylar ekipajni o`n marta ogohlantirganini, Rossiya hukumati esa samolyot Suriya havo kengliklarida urib tushirilganini ta`kidlamoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar