AsosiyJamiyat

Toshkentda ilk bor “Iste`dod” xalqaro musiqa festivali o`tkaziladi

Toshkentda akademik cholg`ular, estrada va an`anaviy ijrochilik bo`yicha “Iste`dod” xalqaro tanlovi boshlandi. Bu haqda xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.  


 O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi va Bastakorlar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur xalqaro tanlovda O`zbekiston, Fransiya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Ozarbayjon, Turkiya, Belarus, Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikistondan 160 dan ortiq iqtidorli yosh ijrochilar ishtirok etmoqda. 


O`zbekistonda ilk bor o`tkazilayotgan “Iste`dod” xalqaro tanlovi jahonning ko`plab mamlakatlari yosh ijrochilariga o`z qobiliyatini namoyish qilish, ijrochilik ko`nikmalarini yanada rivojlantirish, jahon mumtoz bastakorlarining asarlari, o`zbek va dunyo xalqlari san`at namoyandalari kuylaridan bahramand bo`lishi uchun qulay sharoit yaratish, shuningdek, o`zbek musiqa madaniyatini yuksak darajaga ko`tarish, milliy san`atimizni dunyoga yanada kengroq namoyon etish va iqtidorli yoshlar ijodini targ`ib qilish maqsadida tashkil etildi.

 
Yosh toifasiga ko`ra ikki guruhda (12-15 yosh va 16-19 yosh) o`tayotgan ushbu nufuzli xalqaro tanlovda ishtirokchilar fortepyano, torli cholg`ular (skripka, alt, violonchel, kontrabas), estrada hamda an`anaviy xonandalik kabi yo`nalishlar bo`yicha o`z mahoratini namoyish etmoqda.  

 
  

    Boshqa yangiliklar