2015 yil tarixiy kuzatishlar davrining eng issiq yili bo`ldi. Bu haqda butunjahon meteorologik tashkiloti ma`lumotlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Kecha chorshanba kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida o`tkazilgan xalqaro konferensiyada sayyoramizning keyingi yildagi iqlimini baholash yuzasidan butunjahon meteorologik tashkiloti ma`lumot berdi. Unga ko`ra 2016 yil bu yilgidan ham issiqroq bo`lishi kutilmoqda.
“2015 yil meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo`ldi. Joriy yilda okean sathining eng issiq havo harorati darajasi kuzatildi. Keyingi yil bundan ham issiq bo`lishi kutilmoqda”, — dedi butunjahon meteorologiya tashkiloti bosh kotibi Mishel Jarro.
Uning so`zlariga ko`ra, atmosferadagi iliq gazlar o`zining maksimum darajasiga etib, 2015 yilning bahorida SO2 konsentrasiyasi shimoliy yarimsharda millionga 400 qismni tashkil etdi. Bundan tashqari so`nggi paytlarda er yuzining aksariyat mamlakatlari ob-havo sharoitlariga El-Nino iliq havo oqimining kuchli ta`siri kuzatilmoqda.
“Turli sanoat gazlarining atmosferaga chiqarilishi iqlim o`zgarishining asosiy sababi hisoblanadi. Buni nazorat ostiga olish mumkin. Bizda bunga etarli darajada imkoniyat va vaqt bor. Kelajak avlodda esa buning imkoni bo`lmaydi”, — dedi Jarro.





