Xitoy O`zbekiston hamda Markaziy Osiyoning uch mamlakati orqali Eronga o`tadigan tezyurar temiryo`l barpo etishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi China Daily.
Yo`l loyihasi China Railway Corp'ning bosh muhandisi Xe Xovu (He Huawu) tomonidan “Bir mintaqa – bir yo`l” forumida ma`lum qilindi. Uning so`zlariga ko`ra, ushbu yangi yo`l yillik $2,5 trln. tovar aylanmasini ta`minlab beradi.
Yangi temir yo`l Sinszyan Uyg`ur avtonom okrugi poytaxti Urumchini, Xitoydagi Inin shahrini, Qozog`istondagi Olmaotani, Qirg`izistonning Bishkekini, O`zbekistondagi Toshkent va Samarqand, Turkmanistonning Ashxabodini hamda Eron poytaxti Tegronni bog`laydi.
Loyihaning ahamiyatli tomoni Xitoy temiryo`lini Yaqin Sharq va Turkiyagacha davom ettirishdan iborat. Xitoy poezdlari harakatni shu zaylda to`xtamasdan Xitoyning istalgan shahridan Turkiyagacha va u yog`i Ispaniyaga Evropa bo`ylab amalga oshirishi mumkin.
Ma`lumotlarga ko`ra, temir yo`l izi 1435 mm tashkil qilishi ko`zda tutilgan.





