O`zbekiston viloyatlari markazlarini Uzmobile GSM mobil tarmog`i bilan qamrab olish loyihasi 1 dekabrdan ish boshlaydi. Bu haqda “uz24.uz” xabar bermoqda.
2018 yilga qadar milliy aloqa operatori Respublikaning barcha hududlarini GSM tarmog`i bilan qamrab olishni rejalashtirmoqda.
Uzmobile GSM O`zbekiston uyali aloqa operatorlari bozorida joriy yilning aprel oyidan beri faoliyat yuritmoqda.
Hozirgi kunda kompaniya abonentlari 2G, 3G, HSPA+ va 4G LTE aloqa standartlaridan foydalanmoqda.





