“Islom davlati” terrorchilik guruhi tomonidan AQShga nisbatan aniq va jo`yali tahdid bo`lmagan. Bu haqda mamlakat Prezidenti Barak Obama milliy xavfsizlik bo`yicha yordamchilari bilan uchrashuvdan so`ng mahlum qildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
“Dam olish kunlarida shukronalik kunini nishonlovchi amerikaliklarga shuni ma`lum qilamizki, biz mamlakatimiz tinchligi uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshiryapmiz”, — dedi mamlakat Prezidenti.
Barak Obama shuningdek AQSh va uning ittifoqdoshlarining “Islom davlati” ga qarshi olib borilgan chora-tadbirlari o`z natijasini berdi va ular yanada kuchaytiriladi. Xususan, AQSh harbiylari va maxsus xizmati terrorchilarni moliyalashtirish va ta`minlashning oldini olishga qaratilgan ishlarni amalga oshirmoqda.
AQSh Prezidenti o`z murojaatida hozirgi kunga qadar “Islom davlati” ga qarshi operasiyalar doirasida Suriya va Iroqdagi ba`zi hududlar terrorchilardan tortib olinganligi,terrorchilarga nisbatan sakkiz mingdan ortiq aviazarbalar berilganligini ham qo`shimcha qildi.
24 noyabr kuni AQSh davlat departamenti mamlakat hududidan tashqarida bo`lgan fuqarolarni tobora o`sib borayotgan terrorchilik tahdidlari xavfidan ogohlantirgan edi.





