AsosiyDunyo

Moskvadagi Turkiya elchixonasi oldida norozilik namoyishi bo`lib o`tdi

Moskvadagi Turkiya elchixonasi binosi tuxum, pomidor va toshlarga yog`ildi. Bugun kunduzi bino oldida Anqaraning harakatlarini qoralagan yuzga yaqin kishi yig`ildi.

Namoyish ishtirokchilari mazkur binoga yondosh ko`chalarni to`sib qo`yishdi hamda diplomatik vakolatxonaning oynalarini sindirishdi. Ammo elchixona iltimosiga ko`ra Moskva polisiyasi elchixona mudofaasini kuchaytirishdi.

Namoyishchilar qo`llarida Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirilganidan so`ng rossiyaliklar kayfiyati aks etgan plakatlar bilan chiqishdi.

Eslatib o`tamiz, kecha Rossiyaning bombardimon Su-24 samolyoti Turkiya tomonidan urib tushirildi. Bir nafar uchuvchi halok bo`ldi, ikkinchisi qutqarib qolindi. Bundan tashqari yana bir rossiyalik harbiy halok bo`ldi, u mazkur ekipajni izlashga otlangan vertolyot uchuvchisi edi. Uning umriga ID jangarilari zomin bo`lishdi.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar