Muzokaralar 26 noyabr kuni Moskvada bo`lib o`tadi.
Kreml matbuot-xizmati: «Muzokaralar davomida ikki mamlakat etakchilari terroristik xavfga qarshi kurashish masalalarini muhokama qilishadi. Xususan, kun tartibiga “Islom Davlati” guruhiga qarshi kurashish masalasi kiritiladi.
Kuni kecha Olland Vashingtonda AQSh Prezidenti Barak Obama bilan muzokaralar xulosasiga ko`ra Fransiya va Rossiya birgalikda IShIDga qarshi kurashishlari mumkinligini ta`kidlagan edi.
Fransua Olland, Fransiya Prezidenti: «Payshanba kuni men Moskvada bo`laman. Fransiya Rossiya bilan birga IDga qarshi kurashish borasida ish olib borishi mumkin».





