AsosiyDunyo

O`zbekiston sayyohlar uchun xavf-xatardan xoli mamlakatlar ro`yxatida

Jahon va iqtisodiyot instituti terrorrizmni o`rganish milliy konsorsiumi tomonidan taqdim etiladigan xalqaro terrorizm bo`yicha manbaga tayangan holda hisobot tayyorladi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.    

Mazkur hisobot dunyoning 162 ta davlatida terrorizm trendlari  o`zgarishlarining batafsil tahlili hisoblanadi. Tahlil natijalariga ko`ra, O`zbekiston Yaponiya, Janubiy Koreya, Finlyandiya, Polsha, Latviya, Singapur singari ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga terrorizm ta`sir o`tkazmagan 38 ta davlatlar ro`yxatiga kiritildi.

“O`zbekturizm” Milliy Kompaniyasi ma`lumotlariga ko`ra, Iroq, Afg`oniston, Nigeriya, Pokiston va Suriya kabi mamlakatlarda terrorizm xavfi eng yuqori hisoblanadi.

Eslatib o`tamiz, bundan oldin O`zbekiston “Terrorizmdan xoli mamlakatlar ro`yxati”dan o`rin olganligi haqida xabar bergan edik.

 

   

 

    Boshqa yangiliklar