AsosiyDunyo

Kanada 2016 yilning martiga qadar 25 ming suriyalik qochoqlarni qabul qiladi

Kanada 2016 yilning martigacha 25 ming suriyalik qochoqlarni qabul qiladi. Bu haqda mamlakat sog`liqni saqlash vaziri Jeyn Filpottning so`zlariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

“Kanadaga yil oxirigacha 10 ming muhojir keladi, qolgan 15 ming nafari 2016 yilning yanvar va fevral oylarida to`liq qabul qilinadi”, - dedi Filpott

Vazir shuningdek, muhojirlarning transport harajatlari va boshpana bilan ta`minlanishi mas`uliyatini hukumat va boshqa homiylar o`z zimmasiga olishini ta`kidladi. U yana Kanada hududiga kirib kelayotgan har bir muhojir turli yuqumli kasalliklarni aniqlash bo`yicha chuqur tibbiy ko`rikdan o`tkazilishini ham qo`shimcha qildi. Hukumat tomonidan yolg`iz ayollar, to`laqonli oilalar, keksa ota-onalariga hamrohlik qiluvchi erkaklar ham qochoq sifatida qabul qilinadi.

Iordaniya, Livan va Turkiya hududida joylashgan  ijtimoiy lagerlardagi qochoqlar Kanadaga yo`naltiriladi. “Biz 25 ming muhojirni emas, balki 25 ming nafar yangi kanadalikni qabul qilamiz" , - dedi mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudo. 

    Boshqa yangiliklar