AsosiyDunyo

Hindistonda kuchli yog`ingarchiliklar oqibatida 170 dan ortiq kishi halok bo`ldi

Hindiston janubidagi  Tamilnad ma`muriy markazi Chennay shahrida  kamida 1,1 ming millimetr yog`ingarchilik kuzatildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Hindiston meteoroligiya departamentining ma`lumotlariga ko`ra, bunday yog`ingarchiliklar mamlakat tarixida ilgari kuzatilmagan. O`tgan bir necha kun ichida meteorologlar tomonidan  139 millimetr yog`ingarchilik  qayd etilgan.

Noyabr oyida Karnataka shtatining ma`muriy markazi Bangalor shahrida 290 millimetrdan ko`proq yog`ingarchilki kuzatildi.  Bu esa mamlakat uchun rekord natija hisoblanadi.

Selni yuzaga keltirgan kuchli yomg`ir oqibatida Chennay va Tamilnadning boshqa hududlarida oy boshidan beri 170 dan ortiq kishi halok bo`lgan,400 mingdan ortiq kishi esa noqulay ob-havo sharoiti tufayli uylarini tark etishga majbur bo`lgan.

  

 

 

    Boshqa yangiliklar