AsosiyDunyo

Parij teraktlari tashkilotchisi Fransiya poytaxtiga yana bir hujumni rejalashtirgan

Fransiyadagi teraktlar tashkilotchisi Abdulhamid Abaud Parijning La-Defans tumanida yana bir hujum rejalashtirilgani ma`lum bo`ldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”

Parij prokurori Franusa Molenning ma`lum qilishicha, terroristlar 18 va 19 noyabr kunlari La-Defans tumaniga ikki marta hujum uyushtirishni rejalashtirgan.  

 Parijdagi teraktlar chog`ida u odamlarga qarata o`q uzilayotgan kafe yaqinida bo`lgan.  Davomli teraktlardan besh kun o`tib terroristlar boshlig`i polisiyachilar tomonidan otib tashlanganligi ta`kidlandi.  

Parijdagi fojea yuzasidan qidiruv va tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.   Parij prokuraturasi uyini terrorchilarga ijaraga bergan Javad Ben Dau ismli shaxsga nisbatan ayblov e`lon qilgan. Prokurorning aytishicha, Ben Dau terrorchilik tashkiloti faoliyatidan bexabar bo`lgan bo`lishi ham mumkin.

Eslatib o`tamiz, Parij teraktlariga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olinganlardan 124 nafariga nisbatan ayblov e`lon qilingan. 

    Boshqa yangiliklar