Farg`ona viloyati Qirguli ishchilar shaharchasida yashovchi Konstantin Antonov qadimiy soatlar muzeyini tashkil qildi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.
Asli kasbi chilangar bo`lgan Konstantin Antonov soatlarni 30 yil mobaynida yiqqan.
Muzey ekspozisiyasidan 100 dan ortiq jumladan, qo`l, devorga ilinadigan va cho`ntakda olib yurishga mo`ljallangan soatlar o`rin olgan.
XIX va XX asrlarda ishlangan “kakku”li soatlar, yarim asrlik mexanik soatlar muzeyga tashrif buyuruvchilarga manzur bo`lishi tabiiy.





