AsosiyDunyo

BMT: Su-24 hodisasi terrorizmga qarshi kurash ishlarni qiyinlashtirishi mumkin

Rossiyaning harbiy samolyoti bilan yuz bergan hodisa Suriyada terrorizmga qarshi kurash vaziyatini murakkablashtirishi mumkin, deya ma`lum qildi BMTning Jenevadagi rasmiy vakili Ahmad Fauzi.

Rossiyaning Su-24 samolyoti RF Mudofaa vazirligining tahminlariga ko`ra, erdan uzilgan o`qlar oqibatida qulagan. Turkiya tomoni esa havo chegara hududi buzilganligini aytmoqda.

"Men Turkiya tomonidan urib tushirilgan Rossiya samolyoti voqeasi vaziyatni qiyinlashtirishi mumkinligidan havotirdaman", — deydi Fauzi.

Bundan tashqari hozir Rossiya TIV rossiyaliklarga Turkiyani tark etishni tavsiya etishmoqda. Shuningdek, Davlat Dumasi Rossiya va Turkiya o`rtasidagi aviaqatnovlar to`xtatilishini talab qilishmoqda.

    Boshqa yangiliklar