AsosiyDunyo

Mercedes-Maybach avtomobili olib qochildi

Rossiyaning Moskva shahri Leningrad ko`chasida joylashgan uylarning biridagi er osti avtoturargohidan Mercedes-Maybach S sinfi avtomobili olib qochilgan. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

“Moddiy zarar 7,9 million rublni tashkil etadi”, — deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan Rossiya Federasiyasi Qonunlarining tegishli moddasi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning 5 avgust kuni Moskva shahrida 5 million rubl baholangan Porsche Cayenne Turbo avtomobili olib qochilgan edi.

    Boshqa yangiliklar