Misrning Sinay yarim orolidagi portlash oqibatida uch kishi halok bo`ldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Biroz avval parlament saylovlari jarayoni kuzatuvchilari yashayotgan otelda portlash sodir bo`lgandi. Ma`lumotlarga ko`ra, halok bo`lganlar orasida bir nafar polisiyachi ham bor. Bundan tashqari, yana 12 kishi tan jarohati olgan, ulardan to`qqiz nafari ham polisiyachilar.
Portlash Sinay yarim orolidagi “Islom davlati” terrorchilik guruhi faol El-Arish shahrida yuz bergan. Bu shaharda biroz avval bortida 224 kishi bo`lgan A321 samolyoti halokatga uchragan edi.





