Latviya banki bugundan e`tiboran qiymati besh evroga teng bo`lgan, mushkuchalar tasviri tushirilgan tangalarni muomalaga kiritadi. Bu haqda “ korrespondent.net” xabar bermoqda.
925 probali kumush tangalar Latviya yozuvchisi Albert Kronenbergning “Besh mushuk” ertagi motivi asosida ishlab chiqarilmoqda.
Tanga dizayni ustida bolalar rasmli kitoblari dizaynerlari Anita Paegle va Jon Strupulis ishlashgan. Tanga bir tomonida Muris, Nyuris, Insis, Minsis va Punsis laqabli mushukchalarning uxlayotgani tasvirlangan. Ikkinchi tomonida esa mana shu mushukchalarning likopchadagi bo`tqa va qoshiq ushlab turgani surati tushirilgan.
“Latviyaliklar oxiri yaxshilik bilan tugallanuvchi ibratli ertaklarni sevib mutolaa qilgan. Tangalarga tushirilgan folklor san`atida xalq donishmandligi aks etgan”, — deyiladi xabarda.
Tanganing og`irligi 31,47 gram, diametri 38,61 millimetr, adadi — 10 ming nusxa.





