AsosiyDunyo

Bombani eslatuvchi uyg`otgich yaratgan maktab o`quvchisi kompensasiya talab qildi

Bomba yasaganlikda nohaq ayblangan texaslik maktab o`quvchisi Ahmad Muhammadning oilasi hukumatdan kompensasiya talab qildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.  

 Yuristlar ma`naviy zararni qoplash haqidagi xat bilan Irving shahri hokimiyati va o`quvchi tahsil olgan maktab ma`muriyatiga murojaat qilgan.

 Ma`lumotlarga ko`ra, o`quvchining ota-onasi shahar hokimiyatidan 10 million, ta`lim muassasasidan 5 million dollar kompensasiya talab qilmoqda.

 Kompensasiya 60 kun ichida to`lanmagan taqdirda  o`quvchining advokatlari sudga murojaat qilishi ta`kidlanmoqda.

 “Muhammadning otasi o`g`li bilan bo`lgan voqeadan juda achchiqlangan. U o`g`liga nisbatan munosabatni kamsitish deb baholamoqda”, — deyiladi xabarda.    

 Advokatlarning ta`kidlashlaricha, 14 yoshli o`quvchi o`ziga nisbatan qo`yilgan ayblovdan qattiq ruhiy tushkunlikka tushgan.  Yuz bergan hodisadan so`ng “Muhammadning oilasi AQShda xavf-xatardan xoli yashash imkoniyatidan mosuvo bo`lgan”. Bundan tashqari, advokatlar nohaq ayblovni tuhmat deb baholadi.

 Eslatib o`tamiz, Ahmad Muhammad shu yilning 16 sentyabr kuni maktabga o`zi yasagan uyg`otgichni olib kelganidan so`ng  hibsga olingan edi.  Muhammadning ixtirosi o`qituvchiga shubhali ko`rinadi. “Men o`z ixtiroimni ko`rsatish orqali o`qituvchim bilan munosabatlarimni yaxshilamoqchi edim”,— deydi 14 yoshli o`smir.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar