AsosiyDunyo

Afina biznes markazida bomba portladi

Afina markazidagi biznes markazi kirishida ryukzakda joylashgan taymerli bomba portladi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Portlash natijasida bino oynalari sinib ketgani aytilmoqda. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar va halok bo`lganlar yo`q. 

 Guvohlarning so`zlariga ko`ra, shaharning aholi aholi gavjum qismi ko`chalari oyna siniqlari bilan to`lgan.  Portlash Gresiya parlamenti joylashgan Sintagma maydoni yaqinida yuz bergan. Maydonga yaqin joyda ko`plab  kafe, bank va do`konlar joylashgani aytilmoqda.  

Mahalliy gazetalardan biriga ushbu hududga bomba o`rnatilgani haqidagi anonim xabardan keyin polisiya voqea joyiga etib kelgan. Huquq-tartibot organlari xodimlarining so`zlariga ko`ra, bomba Gresiya partizan guruhlaridan biri tomonidan portlatilgan bo`lishi mumkin. Hozirda mazkur hudud o`rab olingan.  

 Bu bosh vazir Aleksis Sipras faoliyati boshlanganidan beri  ilk portlash ekanligi ta`kidlanmoqda.    

 Eslatib o`tamiz, Sipras shu yilning 21 sentyabrida Gresiya bosh vaziri etib tayinlangan edi.

    Boshqa yangiliklar