AsosiyJamiyat

Dunyoning eng keksa ayoli – yana O`zbekistonda

1896 yilda O`zbekistonda tug`ilgan hozirda 119 yoshni qarshilagan xorazmlik Momojon Romanova dunyoning eng keksa ayoli bo`ldi.

U 11 nafar farzandning onasi, 50 nafardan ziyod nevara va 70dan ortiq chevaraning buvisi. Momoning aytishicha, 50 nafardan oshiq nevaralarimning hammasi oliy ma`lumotli, turli sohalarda mehnat qilishadi.

Darvoqe, rasman dunyoning eng keksa ayoli sifatida yaponiyalik Misao Okava tan olingan bo`lib, u shu yil 117 tavallud ayyomini nishonladi.

Okava 1898 yilning mart oyida tavallud topgan hamda Ginnes rekordlar kitobiga koinotning eng keksa ayoli sifatida kiritilgan.

 

    Boshqa yangiliklar