AsosiyDunyo

Louis Vuitton modalar uyi yangi erkaklar liboslari kolleksiyasini namoyish etdi

Louis Vuitton modalar uyi o`z do`konlarida 2016 yilning bahor va yoz fasllariga mo`ljallangan aksessuarlar va kiyim-kechaklar kolleksiyasini namoyish qildi, deb xabar bermoqda “Lenta.ru”.

Kolleksiyadan klassik va sport uslubidagi oyoq kiyimlar, kamarlar, krossovkalar shuningdek-turli aksessuarlar — charm va metaldan ishlangan bilakuzuklar o`rin olgan.

 Modalar uyi erkaklar liboslari kolleksiyasi bosh dizayneri Kim Jons asosiy e`tiborini sport yo`nalishiga qaratdi. 2016 yil bahor mavsumi oyoq kiyimlari kolleksiyasidan asosan keta va boshqa turdagi sport oyoq kiyimlari joy olgan.  Ular  odatdagidek Louis Vuitton brendiga xos Epi va Damier charmi hamda Monogram tekstil matosidan ishlangan.    

 Kolleksiya ranglar jamlanmasi asosan och va yorqin ranglardan iborat. Qizil, havorang, och jigarrang shular jumlasidan. Christopher PM ryukzakining yangi ko`rinishi esa kolleksiya “xit”i hisoblanadi.  

Kolleksiyadan shuningdek, bir va ikki tomonlama kiyiladigan ko`k va kulrang pidjaklar va 50 yillar uslubidagi kostyumlar ham o`rin olgan.   

Eslatib o`tamiz, Louis Vuitton 1854 yilda Fransiyada yo`l sumkalari tayyorlash bo`yicha mutaxasis Lui Vitton tomonidan asos solingan kompaniya hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar