“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va “O`zbekkino” milliy agentligi hamkorligida o`tkazilgan “PROlogue” – yosh kinoijodkorlarning qisqa metrajli filmlari festivali g`oliblari taqdirlandi.
Kinematografiya sohasidagi yosh iste`dodlarni qo`llab-quvvatlash, ularning professional malakasini oshirish maqsadida uyushtirilgan ushbu festival davomida 20 ta qisqa metrajli film namoyish etildi.
Festivalda ijodiy ishlar turli nominasiyalar bo`yicha baholandi.
Habibullo Lutfullaev suratga olgan yoshlar hayotidan hikoya qiluvchi “Oq bulut” melodramasi “Eng yaxshi qisqa metrajli badiiy film” deb topildi.





