Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron mamlakat yaqin 10 yil ichida mudofaa tizimiga 178 milliard funt sterling(270 milliard AQSh dollari) sarflashni rejalashtirayotganini ma`lum qildi. Bu haqda “Argument i fakt” xabar bermoqda.
Kemeronning so`zlariga ko`ra, ajratiladigan mablag` maxsus xizmat kuchlarini qo`llab-quvvatlashga sarflanadi. Bundan tashqari 5 ming kishidan iborat ikki ilg`or brigada tuzilishi ham ko`zda tutilmoqda.
Shuningdek, MI5 va MI6 razvedka xizmati hamda telefon qo`ng`iroqlarini tinglash bilan shug`ullanuvchi hukumat aloqa markazi ishchi-xizmatchilari safi kengaytiriladi.
Bundan oldin horijiy OAVda mamlakat hukumati tomonidan 138 ta harbiy samolyotni sotib olishni rejalashtirilayotgani haqida xabar tarqatgandi.
Kemeron mudofaa tizimiga ajratiladigan mablag` mamlakatning xavfsizligi va gullab yashnashiga xizmat qilishi kerakligini ham ta`kidlab o`tdi.





