Meksikaning markaziy qismida avtobus va avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo`ldi. Bu haqda “korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, yo`l-transport hodisasi 22 noyabr yakshanba kuni Puebla shtatidagi katta trassada mahalliy vaqt bilan 18:00 da sodir bo`lgan. Bir-biriga urilgan avtobus va avtomobil yonib ketgan.
YTH oqibatida 11 kishi halok bo`lgan, 15 kishi jarohatlangan. Jarohatlanganlar shifoxonaga etkazilgan.





