AsosiyJamiyat

"3" baho olganlar “kontrakt”ga o`tkaziladimi?

“Yaqinda eshitdim: aytishlaricha, davlat byudjetida tahsil olayotgan talaba agar uch baho olsa, shartnoma asosida o`qishga o`tkazilarkan. Shu to`g`rimi?”

Ayni shu mazmundagi savol aynan talabalar va ularning ota-onalari orasida eng ko`p muhokamadagi mavzu bo`ldi, desak mubolag`a emas. Xo`sh, bu ma`lumot qanchalik haqiqat? Bu borada qonunchilik talablariga haqiqatan ham biror o`zgartirish kiritildimi?

Yaqinda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida O`zbekistonRespublikasining 2016 yilgi davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg`armalari byudjetlarini, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlarini qabul qilgan deputatlar yuqoridagi kabi savollarga ham javob bo`la oladigan ma`lumotlarni qayd etdilar. 

“...Ta`limdan davlat ta`lim grantlari doirasida umumiy foydalanishni kafolatlovchi oliy ta`lim sohasidagi davlat siyosati prinsiplaridan kelib chiqqan holda oliy o`quv yurtlari talabalariga stipendiya tayinlash va to`lash tartibi o`zgarishsiz qolmoqda. Byudjet siyosati asosiy yo`nalishlarida ham davlat grantlari asosida qabul qilingan, ham shartnoma-to`lov asosida o`qitilayotgan talabalar uchun oliy o`quv muassasalarida amaldagi o`qish va o`tkazish qoidalariga biron bir o`zgartishlar kiritishni nazarda tutmaydi...” kabi ma`lumotlar aholi orasidagi yuqoridagi kabi savollarga etarlicha javob bera oladi.

    Boshqa yangiliklar