Fojea shanba kuni Boliviyaning Vilyason shahrida yuz berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Boliviyaning Argentina chegarasida joylashgan Viyalson shahrida o`tayotgan futbol o`yini paytida maydonni yashin urgan. Buning oqibatida futbolchilardan biri David Alvares halok bo`ldi.
Futbolchi Vilyason shahrida o`tkazilayotgan shaharlararo match paytida halok bo`ldi. Mahalliy OAVning xabar berishicha, yana sakkiz nafar futbolchi yashin oqibatida jarohatlangan.





