AsosiyDunyo

Belgiya terrorchilikka qarshi kurash uchun 400 mln evro ajratadi

Belgiya hukumati terrorrizmga qarshi kurash uchun davlat byudjetidan qo`shimcha ravishda 400 million evro ajratadi. Bu haqda  Belgiya bosh vaziri Sharl Mishelning so`zlariga tayanib, “Evropeyskaya pravda” xabar bermoqda. 

Hukumat rahbari shuningdek, jihodni targ`ib etuvchi veb-saytlar faoliyatiga barham berishga xizmat qiluvchi qonun loyihasini ham taklif etishini ma`lum qildi.  Uning aytishicha, radikal imomlar uy qamog`iga tortiladi. 

Eslatib o`tamiz, bundan oldin Belgiya ichki ishlar vazirligi mamlakat hududida terrorizm xavfi o`ta yuqori-uchinchi darajaga ko`tarilganini ma`lum qilgan edi.  

  

 

    Boshqa yangiliklar