AsosiyJamiyat

«Euronews» Buxoroning boy hunarmandchilik merosi haqida hikoya qildi

«Euronews» axborot xizmati hamda “O`zbekturizm” milliy kompaniyasi hamkorlikda ishlashda davom etmoqda. 17 noyabr kuni «Uzbekistan life» rukni ostidagi 2-ko`rsatuv efirga uzatildi. Bu safargi ko`rsatuv “Buxoroning boy hunarmandchilik merosi” deb nomlangan.

Buxoro o`zining zardo`zlik va shoyi matolari bilan, kulolchiligi, gilamdo`zlik va tilla taqinchoq hunarmandchiligi bilan tanilgan. Shundan kelib chiqib “Life” ko`rsatuvi boshlovchisi gilam to`qish ustaxonasiga tashrif buyurib, gilamdo`z qizlar bilan ushbu qadimiy hunarmandchilik sirlari haqida suhbat qurdi. 

Ushbu videolavhani tomosha qilish uchun “O`zbekturizm” MK hamda euronews.com veb-sahifalariga tashrif buyurishingiz mumkin.

Euronews kanalining yurtimizga bag`ishlangan ko`rsatuvining navbatdagi soni 2500 yil tarixga ega qadimiy Termez shahri me`morchiligiga bag`ishlanadi.

Aytib o`tish joizki, «Euronews» axborot agentligi dunyoning 13 tilida efirga uzatiladi va kanalning 155 mamlakatdagi tomoshabinlar ko`lami 370 million nafarni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar