Fransiya bosh vaziri Manuel Vals terrorchilar kimyoviy yoki bakteriologik quroldan ham foydalanishlari mumkinligini ta`kidladi.
Bosh vazir Parij shahridagi teraktlar munosabati bilan e`lon qilingan favqulodda holatni uch oyga qadar cho`zish masalasi ko`rib chiqiladigan Fransiya Milliy Kengashi yig`ilishida nutq so`zlar ekan, terrorchilar tomonidan kimyoviy va bakteriologik quroldan foydalanish xavfini ham chetlab o`tmaslikni aytib o`tdi.
Eslatib o`tamiz, Parij shahrida 13 noyabr kuni bir nechta davomli teraktlar sodir etilgan edi. Noma`lum kishilar tomonidan shahardagi restoranlardan birida, Fransiya va Germaniya terma jamoalari o`yini o`tkazilayotgan “Stad de Frans” stadionida bir nechta portlashlar yuz berdi.
Matchda Fransiya Prezidenti Fransua Ollandning shaxsan o`zi ishtirok etayotgan edi. Teraktlar oqibatida 129 kishi hayotdan ko`z yumdi, 350 kishi jarohatlandi.





